SHRIFT O'LCHAMI:
A A A
SAYT RANGI:
Ц Ц Ц
Ovozli yordamchi

Matbuot xizmati

28.01.2026

Ma’lumot!

Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi bank xizmatlari bozorida xususiy agentliklar tomonidan tijorat banklarining koll-markazlari xizmat ko‘rsatish sifati bo‘yicha mustaqil reyting baholash ishlari olib borilmoqda. Baholash aloqa mavjudligi, maslahat berish sifati, muloqot madaniyati hamda boshqa mezonlar asosida amalga oshirilmoqda.

Ma’lum qilamizki, “Tenge Bank” ATBning aloqa raqamlari, jumladan 1245 qisqa raqami, shuningdek Bankning boshqa rasmiy aloqa kanallari odatiy ish rejimida faoliyat yuritmoqda.

Bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha maslahatlar, zarur ma’lumotlar olish uchun mijozlar (bank xizmatlari iste’molchilari) ko‘rsatilgan aloqa raqamlari orqali “Tenge Bank” ATBga murojaat qilishlari mumkin.

Bank mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash xizmatining barqaror va sifatli faoliyatini ta’minlashda davom etmoqda.