SHRIFT O'LCHAMI:
A A A
SAYT RANGI:
Ц Ц Ц
Ovozli yordamchi

Matbuot xizmati

20.01.2026

"Tenge Bank" ATB yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga kompleks bank xizmatlari ko‘rsatishning universal shartnomasiga o‘zgartirishlar kiritish haqida

Hurmatli mijozlar!

Sizga ma’lum qilamizki, "Tenge Bank" ATBda yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga kompleks bank xizmatlari bo‘yicha universal shartnoma"ga quyidagi bandlarga qo‘shimchalar kiritildi:

B 1.17: Bank tomonidan omonatga qabul qilingan pul mablag‘larining qaytarilishi O‘zbekiston Respublikasi banklardagi omonatlarni kafolatlash agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi 2025-yil 18-fevraldagi O‘RQ-1031-son «Banklardagi omonatlarni himoyalash kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq kafolatlanadi. Kafolatlangan omonat summasi bir omonatchi uchun 200 000 000 (ikki yuz million) so‘mgacha etib belgilangan.

Yangi tahrirdagi "Tenge Bank" ATBda yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga kompleks bank xizmatlari bo‘yicha universal shartnoma" bilan bu yerda tanishish mumkin.

Kiritilgan qo‘shimchalar bilan, hujjat, 2026 yil 30 yanvardan kuchga kiradi.