SHRIFT O'LCHAMI:
A A A
SAYT RANGI:
Ц Ц Ц
Ovozli yordamchi

Matbuot xizmati

29.12.2025

Bayram kunlari operatsiyalarning vaqtincha mavjud bo'lmasligi haqida

Hurmatli Tenge24 mijozlari va foydalanuvchilari!

Bayram kunlari munosabati bilan 2025-yil 30-dekabr soat 23:59 dan 2026-yil 5-yanvar soat 09:00 gacha quyidagi amaliyotlar vaqtincha mavjud bo‘lmaydi:

  • to‘lov kartalarini chiqarish;
  • depozitlarni ochish va to‘ldirish;
  • kreditlarni qisman yoki to‘liq muddatidan oldin yopish.

Shuningdek:

  • 2025-yil 31-dekabr soat 23:45 dan 2026-yil 1-yanvar soat 01:00 gacha depozit hisobvaraqlaridan mablag‘ yechib olish cheklangan bo‘ladi;
  • 2025-yil 29-dekabr soat 23:59 dan boshlab onlayn mikroqarzlar bo‘yicha arizalar qabul qilinmaydi.

Amaldagi kreditlar bo‘yicha to‘lov jadvaliga muvofiq to‘lovlar odatiy tartibda amalga oshiriladi.

Iltimos, moliyaviy operatsiyalaringizni oldindan rejalashtirishingizni so‘raymiz.

Tushunganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz va sizga yoqimli bayramlar tilaymiz!