Yangilanish sanasi: 31.10.2025, 17:18
Matbuot xizmati
31.10.2025
"Aviasozlar" va "Yunusobod" BXM yopilishi haqida
Hurmatli mijozlar!
2025-yil 20-noyabrdan boshlab Toshkent sh., Yashnobod tumani, Aviasozlar dahasi, 46-uyda joylashgan "Aviasozlar" va Toshkent sh., Yunusobod tumani, 4-dahasi, Ahmad Donish ko'chasi, 1-uyda joylashgan "Yunusobod" BXM xizmat ko'rsatishi to'xtatilishi va 1-dekabrdan yopilishi haqida ma'lum qilamiz.
Sizga "Aviasozlar" va "Yunusobod" BXM barcha mijozlari Toshkent sh., Yashnabod tumani, Parkent ko'chasi 66 - uyda joylashgan "Parkent" BXM'ga o'tkazilishi haqida xabar beramiz.
Savollaringiz bo'lsa 1245 raqami orqali bizga qo'ng'iroq qiling yoki qo'llab-quvvatlash xizmatiga yozing.