Matbuot xizmati
#TengeYorqin tanlovi boshlanishi haqida
Hurmatli mijozlar!
2026-yil 15-apreldan 15-maygacha #TengeYorqin ijodiy tanlovi boshlanganini ma’lum qilamiz.
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi shartlarni bajarish lozim: Tenge Bank mediafasadi fonida (bank logotipi ko‘rinadigan holda) Reels yoki kreativ foto-post tayyorlash, ijtimoiy tarmoqda @tengebankuz sahifasini belgilash, #TengeYorqin xeshtegini qo‘shish hamda tanlovning boshqa shartlariga rioya qilish.
Sovrin jamg‘armasi:
— 3 (uchta) KODAK plyonkali kamera (KODAK GOLD plyonkasi bilan)
— Bosh sovrin: Fujifilm Instax Mini 12 to‘plami (kamera, g‘ilof, kartuj va fotoalbom)
G‘oliblarni aniqlash tartibi:
G‘oliblar ishlarning kreativligi, tanlov shartlariga muvofiqligi, kadrda bank mediafasadi va logotipining mavjudligi hamda ko‘rishlar va layklar soni asosida aniqlanadi.
Qo‘shimcha shartlar:
— tanlovda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishi mumkin;
— ishtirokchi profili tanlov davomida ochiq bo‘lishi lozim;
— bitta ishtirokchidan ishlar soni cheklanmagan;
— har bir ishtirokchi faqat bir marotaba g‘olib bo‘lishi mumkin.
O‘tkazilish muddati:
2026-yil 15-apreldan 2026-yil 15-maygacha (shu jumladan)
Tanlov qoidalari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.
Savollaringiz bo'lsa 1245 raqami orqali bizga qo'ng'iroq qiling yoki qo'llab-quvvatlash xizmatiga yozing.