SHRIFT O'LCHAMI:
A A A
SAYT RANGI:
Ц Ц Ц
Ovozli yordamchi

Matbuot xizmati

26.02.2026

Ma'lumot!

Hurmatli mijozlar!

Qonunchilik talablariga rioya etish va mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida Tenge Bank mijozlarga shaxsni tasdiqlovchi hujjatni (STH) o‘z vaqtida yangilash zarurligini eslatadi.

Agar shaxsni tasdiqlovchi hujjatning amal qilish muddati tugashi yoki ma’lumotlarni yangilash zarurati sabab bank xizmatlari vaqtincha cheklangan bo‘lsa, mijozlardan ma’lumotlarni yangilash uchun Bankning eng yaqin filialiga murojaat qilish so‘raladi.

Murojaat vaqtida amaldagi shaxsni tasdiqlovchi hujjatni o‘zingiz bilan olib kelishingizni so‘raymiz.

Ma’lumotlarni o‘z vaqtida yangilash xizmat ko‘rsatishda cheklovlarning oldini olish hamda bank mahsulot va servislaridan uzluksiz foydalanishni ta’minlaydi.

Batafsil ma’lumot olish uchun 1245 qisqa telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.