Matbuot xizmati
Jismoniy shaxslar uchun omonatlar bo‘yicha Ommaviy oferta va shartnomalarga o‘zgartirishlar kiritilishi to‘g‘risida
Hurmatli mijozlar!
Sizga ma’lum qilamizki, jismoniy shaxslar uchun omonatlar bo‘yicha Ommaviy oferta / shartnomalarga quyidagi bandlar bo‘yicha qo‘shimchalar kiritildi.
Ommaviy ofertaga kiritilgan qo‘shimchalar:
6.6. Bank tomonidan omonatga qabul qilingan pul mablag‘larining qaytarilishi O‘zbekiston Respublikasi banklarida omonatlarni kafolatlash agentligi tomonidan 2025-yil 18-fevraldagi O‘RQ-1031-sonli “Banklarda omonatlarni himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq kafolatlanadi. Bir nafar omonatchi uchun kafolatlangan omonat summasi 200 000 000 (ikki yuz million) so‘mgachani tashkil etadi.
- Valyuta omonati bo‘yicha oferta
- "Muddatli" omonat bo‘yicha oferta
- “Qulay onlayn” omonati bo‘yicha oferta
Shartnomalarga kiritilgan qo‘shimchalar:
5.5. Bank tomonidan omonatga qabul qilingan pul mablag‘larining qaytarilishi O‘zbekiston Respublikasi banklarida omonatlarni kafolatlash agentligi tomonidan 2025-yil 18-fevraldagi O‘RQ-1031-sonli “Banklarda omonatlarni himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq kafolatlanadi. Bir nafar omonatchi uchun kafolatlangan omonat summasi 200 000 000 (ikki yuz million) so‘mgachani tashkil etadi.
Kiritilgan qo‘shimchalar bilan hujjatlar 2026-yil 30-yanvardan boshlab kuchga kiradi.